So’nggi yangiliklar

17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0

10 okt 12:37
Yangiliklar

Dzyudo

Paradzyudo. O'zbek sportchilari umumjamoa hisobida birinchi!

Poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida dzyudo bo'yicha paralimpiyachilar o'rtasida jahon kubogi o'tkazildi.

Mazkur nufuzli musobaqa O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va mamlakatimiz dzyudo federaciyasi tomonidan Xalqaro ko'zi ojizlar sport associaciyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanib, o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning samarasida O'zbekiston paralimpiyachilari jahon va qita chempionatlari hamda Paralimpiya o'yinlarida ulkan zafarlarni qo'lga kiritmoqda.
Xalqaro ko'zi ojizlar sport associaciyasi mamlakatimizda Paralimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan dzyudoni jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida yanada ommalashtirishga doimiy etibor qaratilayotgani, nufuzli sport anjumanlari yuksak saviyada tashkil etilayotgani hamda zamonaviy sport infratuzilmasi mavjudligini inobatga olib, mazkur musobaqani Toshkent shahrida o'tkazishga qaror qildi. Nufuzli musobaqada 30 ga yaqin davlatdan kelgan polvonlar 13 vazn toifasida g'oliblik uchun kuch sinashdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o'tgan chempionatda SHuhrat Boboev, SHerzod Namozov, Feruz Saidov, Parvina Samandarova o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Sportchilarimiz Nurbek Mirzaev, Vasila Aliboeva, Sevinch Salaeva kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, SHarif Xalilov, SHirin SHaripov, Feruzaxon Yusupova, Gulruh Rahimova bronza medal bilan taqdirlandi. – CHempionatda zafar quchganimizdan g'oyat baxtiyormiz, – deydi Feruz Saidov. – Bu natija bilan to'xtab qolmaymiz, kelgusida o'tkaziladigan qita va jahon chempionatlari, Paralimpiya o'yinlarida ham munosib qatnashib, o'zbek paralimpiyachilarining yuksak salohiyatini butun jahonga namoyish etishga harakat qilamiz.

CHempionatda O'zbekiston terma jamoasi 4 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo'lga kiritib, umujamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing