So’nggi yangiliklar

20:05Дзюдочиларимиз Озарбайжонга жўнаб кетишди 0 19:44Махачев — Майкл Моралеснинг баҳсли рекорди ҳақида: "Уни яна бўғиб қўйиш керак" 0 19:23"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди 0 19:02Усик нега фаолиятини якунламоқчи эмаслигини айтди 0 18:41"Перейрани менга қолдир". Чимаев Жон Жонсга мурожаат қилди 0 18:20Илия Топурия ваъда берди 0 17:59Хаби Алонсонинг қайси клубда фаолиятини давом эттириши мумкинлиги айтилди 0 17:38Мураббий Шара Буллетнинг қачон UFC’га қайтишини айтди 0 17:17MPL Лигасининг келажаги нима бўлади? Маҳмуд Мурадов ойдинлик киритди 0 16:56Илия Топурия UFC’нинг энг ортиқча баҳоланган жангчисини айтди 0 16:35"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди 0 16:14Бивол The Ring журналининг 2025 йил якуни бўйича икки мукофотига номзод бўлди 0 15:53Усик Тайсон Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 15:32Zuffa Boxing 1 бокс оқшомининг тўлиқ карди эълон қилинди (ФОТО) 0 15:11Иньеста Африканинг Топ терма жамоаси мураббийлар штабига кириши мумкин 0

18 noy 15:10
Yangiliklar

Dzyudo

Paradzyudochilarimiz jahon chempionatini 6 ta medal bilan yakunladilar

Portugaliyaning Odivelash shahrida paradzyudo bo'yicha jahon chempionati nihoyasiga etdi.

Musobaqaning birinchi kunida sportchilarimiz tomonidan 1 ta oltin, 3 ta bronza medali qo'lga kiritlgani haqida xabar qilgandik.

Bellashuvlarning ikkinchi kunida ikki nafar sportchimiz shohsupaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Vasila Aliboeva musobaqa davomida Italiya, Rossiya va Meksika vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi jangda braziliyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo'ldi. +100 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan SHirin SHaripov ilk jangida gruziyalik sportchidan ustun keldi. CHorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasi vakiliga yutqazib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan janglarda esa Jazoir va rossiyalik ikki nafar sportchidan ustun keldi.

SHu tariqa, paradzyudochilarimiz Portugaliyadagi jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Umumjamoa hisobida esa 42 mamlakat ichida to'rtinchi o'rinni egalladilar.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimiz, murabbiylar va O'zbekiston Paralimpiya associaciyasini muborakbod etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing