So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

17 iyu 07:38
Yangiliklar

Parij-2024

Parij-2024 arenalari: Franciyada kattaligi jihatdan ikkinchi o'rinda turuvchi “Velodrom” stadioni

Teglar :  Parij-2024Velodrom
Bugun Sizlar bilan futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasining chorak finaldagi o'yiniga mezbonlik qilishi mumkin bo'lgan yana bir stadion haqida gaplashamiz.

Tanishing, Marsel shahridagi “Velodrom” stadioni.

Majmua 1937 yil barpo etilgan. Bugungi kungacha bir necha bor rekonstrukciya qilinib, 2014 yil hozirgi qiyofasiga kelgan. Stadion tarixda 1938 va 1998 yilgi jahon chempionatlari, Evro-1984 va Evro-2016 o'yinlari, 2007 va 2023 yilgi regbi bo'yicha jahon chempionatlari va boshqa ko'plab musobaqalarni qabul qilgan. 

Franciyada kattaligi jihatdan ikkinchi o'rinda turadigan stadion bugungi kunda 67 mingdan ortiq muxlisni sig'dira oladi. Ushbu obekt ham o'z tarixida jahon estradasining ko'plab yulduzlarining koncertiga mezbonlik qilgan. Arena “Olimpik Marsel” futbol klubining uy o'yingohi hisoblanadi.

Tezyurar poezdda Parij-Marsel yo'nalishida manzilga 3 soatu 10 daqiqada etib olish mumkin. Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida stadion 10 ta o'yinga mezbonlik qiladi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinni egallagan taqdirda chorak final o'yinini aynan mana shu arenada “D” guruhining ikkinchi o'rin egasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing