So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

09 iyu 16:41
Yangiliklar

Parij-2024

Parij-2024 arenalari: Franciyaning yaqin o'tmishdagi eng katta stadioni “Park de Prens”

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasining guruh bosqichidagi ikkita o'yini o'tkaziladigan o'yingohi haqida gaplashamiz.

Tanishing, futbolchilarimizning Ispaniya va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi bahslarni qabul qiladigan “Park de Prens” stadioni.

Ushbu stadion tarixi uch bosqichga bo'linadi. Dastlabki bosqich 1897-1932 yillarni o'z ichiga oladi. 3 000 muxlisga mo'ljallangan arenaga tamal toshi qo'yilganida, dastlab velotrek uchun mo'ljallangan. Lekin keyinchalik futbol va regbi bahslari uchun ham moslashtirib olingan.

1932 yil uning o'rnida 38 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion barpo etildi. U o'z tarixida 1938 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati va regbi bo'yicha ko'plab yirik musobaqalarga mezbonlik qilgan.

1972 yil “Park de Prens” hozirgi qiyofasiga keladi. SHu paytgacha futbol bo'yicha 1984 va 2016 yilgi Evropa chempionati, Evropa chempionlar ligasining 2 ta finali, 1998 yil erkaklar va 2019 yil ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlari, shuningdek, regbi bo'yicha 1991 va 2007 yilgi jahon chempionati doirasidagi o'yinlarni qabul qilgan. Hozirgi kunda 48 229 tomoshabin bahslarni bevosita kuzatib borishi mumkin. 1998 yil “Stad de Frans” qurilguniga qadar Franciyaning eng katta stadioni bo'lgan.

Arena Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari doirasida guruh bosqichidagi 6 ta, qolaversa, erkaklar va ayollar o'rtasidagi 1 tadan chorak final va final, jami 10 ta uchrashuvga mezbonlik qiladi. Olimpiya shaharchasidan 12 km uzoqlikda joylashgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing