So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

15 iyu 08:18
Yangiliklar

Parij-2024

Parij-2024 arenalari: Mavjli to'lqinlari bilan mashhur Teaxupoo

Teglar :  Parij-2024
Kamarlarni taqib oling.

Hozir biz Parij shahridan 16 300 km uzoqlikda joylashgan Franciya Polineziyasining Taiti oroliga yo'l olamiz. Bu erda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining syorfing bahslari o'tkaziladi.

Manzilni yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, oroldagi Teaxupoo maskani dunyoning eng kuchli syorfing ustalarini o'z bag'rida jamlaydi. Ushbu hudud syorfing bellashuvlari uchun eng yaxshi joy deb topilgan. Boisi unda doimiy mavjlanib turadigan to'lqinlar manzaraga yanayam ko'rk bag'ishlab turadi. SHu bois ham jahondagi eng katta syorfing musobaqalaridan biri ushbu orolda o'tadi. Doimiy to'lqinlarning balandligi 2-3 metrni tashkil etadi. Bazan esa 7 metrgacha ko'tariladi. Bu haqiqiy adrenalin ishqibozlari uchun ayni muddao. Faqat yurtimizdagi muxlislar uchun ushbu sport turidagi bahslarni tomosha qilish ozroq noqulaylik tug'dirishi mumkin. Boisi hududning vaqt mintaqasi Toshkentdan naqd 15 soat orqada.

Teaxupoo Taiti orolining janubi-g'arbiy qismida Parijdan 16 300, Franciya Polineziyasi poytaxti Papeetedan 75 km uzoqlikda joylashgan. Bu erda 27-31 iyul kunlari syorfing dasturidagi 2 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing