So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

26 iyu 09:26
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij-2024 mashalasining taqdimoti o'tkazildi

Teglar :  Parij-2024
Parij-2024 mashalasining taqdimoti o'tkazildi

Olimpiya mashalasi har bir O'yinlarning ajralmas qismlaridan bo'lib, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi bo'lajak musobaqaning mazkur ramzini namoyish qildi. Mezbonlar mashala dizaynini yaratishda quyidagi 3 yo'nalishga katta ahamiyat qaratishgan: tenglik, suv va tinchlik.

1. Mashala 2 qismdan iborat bo'lib, ustki va ostki tomonlari ayni bir xil uzunlikda. SHuningdek, bu tushuncha gender tenglikni ham anglatib, Olimpiadalar tarixida aynan Parij-2024 da erkak va ayol atletlarning soni teng miqdorga keltirilganiga ham ishora qilinadi.

2. Rejaga ko'ra, mashala estafetasi O'rta Er dengizi atrofidagi ko'plab hududlarni o'z ichiga oladi. Qolaversa, suv insoniyat uchun tiriklik ramzi. Boshqa bir jihatdan, musobaqa ochilish marosimi ilk bor Sena daryosida, yani suv ustida o'tkazilishiga ham ishorani uchratish mumkin.

3. SHubhasiz, Olimpiya o'yinlari – bu tinchlik ramzi. Har bir O'yinlar davomida tashkiliy qo'mita bu yo'nalishni turli ramzlar bilan ifodalashga urinadi. Bu mashala ham Er yuzidagi insonlar va millatlarni ushbu g'oya ostida birlashtirishini ifodalaydi.

Eslatib o'tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari kelasi yilning 26 iyul - 11 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing