So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

02 iyu 10:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qilichbozlik, Parij-2024

Parij-2024 Olimpiadasidagi bayroqdorlarimiz malum!

Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston sport delegaciyasining bayroqdorlari elon qilindi.

Unga ko'ra, boks bo'yicha jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik bo'yicha Osiyo o'yinlari g'olibasi, "SHuhrat" medali sohibasi Zaynab Dayibekova Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasining bayroqdorlari bo'lishadi. 

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O'zbekiston delegaciyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tmoqda. 

Malumot uchun, Zaynab Dayibekova o'tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan Osiyo o'yinlarida dzyudochimiz Muzaffarbek To'raboev bilan birga O'zbekiston sport delegaciyasi bayroqdori bo'lgan edi. 

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochimiz Nigora Tursunqulova O'zbekiston bayroqdori vazifasini bajarishgandi. Aslida o'shada Bobo Usmon Baturov va Oksana CHusovitina O'zbekiston bayroqdorlari bo'lishi elon qilingan va bir muddat o'tib, bayroqdorlar o'zgartirilgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing