So’nggi yangiliklar

09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0

30 mar 16:59
Yangiliklar

Parij-2024

Parij-2024: O'zbekiston delegaciyasining tayyorgarlik rejalari OAV bilan baham ko'rildi

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining 2023 yilgi faoliyati va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov OAV xodimlarining mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Dastavval, Oybek Omilovich MOQning ortda qolgan yildagi faoliyati haqida to'xtalib o'tdi. Unda O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 Olimpiadasiga ko'rayotgan tayyorgarligi, o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, xalqaro aloqalar va musobaqalar, sport tibbiyoti kabi yo'nalishlar hamda bular uchun yil davomida sarflangan mablag'lar haqida batafsil to'xtalib o'tdi. MOQ Bosh kotibi tadbir davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari mavzusiga ham alohida etibor qaratdi.

Anjumanning ikkinchi yarmi O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgariligi haqida bo'ldi. Mavzu yuzasidan SHerzod Rixsibaevich so'z olib, Sport vazirligi bilan har bir terma jamoalar kesimida tayyorgarlik rejalari ishlab chiqilgani xususida to'xtaldi. Unga ko'ra, O'zbekiston delegaciyasi 20 ta yo'nalishda Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishi kutilmoqda. Tabiiyki, unda ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilarning soni ham avvalgilarga qaraganda ortishi rejalashtirilgan.

Savol-javob qismida og'ir atletika, eshkak eshish sport turlari, velosport, futbol, engil atletika kabi yo'nalishlarda terma jamoalarning licenzion musobaqalarga tayyorgarligi haqida alohida so'z bordi. SH.Tashmatov bazi jamoalarning xorijdagi yig'inlarini shaxsan o'zi joylarga borib kuzatib kelgani, ular uchun eng zamonaviy inventarlar xarid qilingani, malakali xalqaro mutaxassislar biriktirilganini inobatga olib, licenzion musobaqalarda atletlarimizdan yuqori natijalar kutilayotganini takidladi.

Ayni paytda O'zbekiston delegaciyasi hisobida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun 25 ta yo'llanma mavjud. Tadbir yakunida Oybek Kasimov davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan yaqinlashib kelayotgan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga har qachongidan ham ko'proq yo'llanma olib, delegaciyamiz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilash reja qilinganini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing