30 iyu 14:15
Yangiliklar
Parij-2024
Parij-2024. Triatlon bahslari boshqa sanaga qoldirildi
Sena daryosining suvi yanada ifloslangani sabab Olimpiya o'yinlarida triatlon bahslari muddati o'zgardi.
30 iyul kuni erkaklar, 31 iyulda esa ayollar o'rtasida bahslar o'tkazilishi lozim edi. Musobaqaning suzish bahslari Sena daryosida o'tkaziladi. Ammo suvning ifloslanish darajasi oshib ketganligi sabab bahslarni qoldirishga to'g'ri keldi.
Endi har ikki yo'nalishdagi bahslar ertaga, 31 iyul kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : World Triathlon
Fikrlar