03 noy 09:07
Yangiliklar
Tennis

Parij "Masters". Nadal chorak finalga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli tennisichi Rafael Nadal Parijda bo'lib o'tayotgan "Masters" turnirining uchinchi bosqichida g'alaba qozondi.
Uchinchi bosqichda ispaniyalik tennischiga urugvaylik Pablo Kuevas raqiblik qildi. 2 soat 20 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal raqibini 6:3, 6:7, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi u yarim finalga chiqish uchun serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar