06 noy 19:47
Yangiliklar
Tennis
Parij "Masters". Ojening 16 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi
Parij "Masters" turnirining ikkinchi yarim finalida daniyalik Xolger Rune g'alaba qozondi.
Biroz kutilmaganda dunyoning sakkizini raketkasi bo'lib turgan kanadalik Feliks Oje ATP reytingining 18-pog'onasidan borayotgan daniyalik Xolger Runega 4/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida muvozanat tiklandi - 1:1. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan 1/2 final bahsida Oje 4, Rune 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rune Feliksning 16 g'alabadan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chekq qo'ydi. Endi u finalda serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar