05 noy 08:44
Yangiliklar
Tennis

Parij “Masters”. Sok va Krainovich finalda!
Franciyaning Parij shahrida yakuni sari yaqinlashayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi yilning so'nggi turnirida final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 4,3 million evroni tashkil qiluvchi ATP Masters 1000 turnirida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Amerikalik Jek Sok mezbonlarning musobaqadagi so'nggi vakili Jyulen Benettoni 7:5, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan
serbiyalik Filip Krainovich esa dramatik kechgan bahsda turnirning to'qqizinchi
raketkasi amerikalik Jon Iznerdan 6:4, 6:7(2), 7:6(5) hisobida ustun keldi.
Bugun Sok va Filip o'rtasidagi final uchrashuvi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar