20 sen 17:02
Yangiliklar
Parij-2024
Parij Olimpiadasida deyarli 39 foiz sportchi doping tekshiruvdan o'tdi. Qaysi mamlakat sportchilari eng ko'p tekshirildi?
ITA Parij Olimpiadasida sportchilarni doping tekshiruvdan o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatilgani haqida gapirdi.
Xalqaro test agentligi (ITA) umumiy hisobda 4150 nafar sportchini doping tekshiruvdan o'tkazgan. Bu o'yin ishtirokchilarining 38,75 foizini tashkil etadi.
Bu orqali tekshiruvlar soni bo'yicha rekord yangilandi. Bu Tokiodagi o'yinlardan 4 foizga, Rio Olimpiadasidan 10 foizga ko'p.
AQSH, Xitoy, Avstraliya va Britaniya mamlakatlari sportchilari qolganlarga qaraganda ko'proq tekshiruvdan o'tdi.
Engil atletika, suv sporti turlari, velopoyga, eshkak eshish va sport kurashlarida eng ko'p tekshiruvlar o'tkazilgan.
Havola :
Manba : ITA
Fikrlar