03 okt 08:30
Yangiliklar
Parij Olimpiadasidan so'ng faoliyatini yakunlagan Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Endilikda terma jamoaga sobiq kurashchimiz Rustam Assakalov bosh murabbiy bo'ladi. Oldinroq, murabbiylar shtabiga yana bir sobiq kurashchi, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ham jalb etilgan edi. SHu paytgacha terma jamoaga Ravshan Ro'ziqulov bosh murabbiy bo'lib kelgandi.
Malumot uchun, Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamosi safida jahon chempionatining ikki karra sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo'lgan. Osiyo o'yinlarida uch marotaba g'olib va sovrindorga aylangan.
SHuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to'rt karra sovrindori bo'lgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida bronza va oltin medallarini qo'lga kiritgan edi. U Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan so'ng professional sportchilik faoliyatini yakunlagandi.
Fikrlar