04 iyu 11:49
Yangiliklar
Tennis

Parij shahrida Nadalga haykal qo'yishadi
Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadalga atab Parij shahrida haykal o'rnatiladi.
Bu malumotni Franciya tennis federaciyasi prezidenti Bernar Gyudichelli ham tasdiqladi.
Malumot uchun, Nadal “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining 9 karra g'olibi hisoblanadi. Hozirgacha hech bir tennischiga bunday natijaga erishish nasib qilmagan.
Rafa mavsumning bosh grunt turnirida 76 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 74 tasida g'alabaga erishgan. Ayni paytda Nadal Franciya Ochiq chempionatining bosh mukofoti uchun kurashni davom ettirmoqda. U uchinchi davrada gruziyalik Nikoloz Basilashvilini mag'lubiyatga uchratdi.
Nadalning "Rolan Garros"dagi 9 ta tarixiy g'alabasi bitta suratda
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar