03 may 10:18
Yangiliklar
Boshqalar
Parkentlik fidoyilarga O'zbekiston sport faxriysi ko'krak nishoni topshirildi
O'zbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan olib borilayotgan sport targ'iboti ishlari davom etadi.
Tashkilot rahbari Bahodir Maxsitov bu gal parkentlik sport faxriylarini birlashtirdi.
Parkent tumani hokimiyatida o'tgan tadbirda katta sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, tuman hokimi SHohruh SHoahmedov, Toshkent viloyati Turizm va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov, yosh sportchilar va bir guruh faxriylar mazkur tadbirda jam bo'ldilar.
Uchrashuv davomida Bahodir Maxsitov so'z olib, o'zbek sporti rivojida parkentlik faxriylarning ham ulkan hissasi borligini takidladi va hukumatimiz har bir fuqarolarimizni qo'llab-quvvatlayotgani haqida gapirib o'tdi.
Tadbir yakunida tumanning 12 nafar fidoyilariga «O'zbekiston sport faxriysi» ko'krak nishoni topshirildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar