So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

17 dek 17:13
Yangiliklar

Tadbirlar

5ta tashabbus: sportimiz yulduzlari parkentlik yoshlar davrasida

Malumki, davlatimiz rahbari yoshlar orasida ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

SHulardan ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan bo'lib, bu borada yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati, Parkent tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida yosh sportchilar bilan davra suhbati o'tkazildi. Ushbu tadbirda dzyudo bo'yicha ikki karra jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindori, “O'zbekiston iftixori” ko'krak nishoni sohibi Rishod Sobirov, Toshkent viloyati futbol associaciyasi vice-prezidenti Asqar Jadigerov, kurash sport turi bo'yicha o'n uch karra O'zbekiston chempioni, besh karra Osiyo chempioni, faxriylar o'rtasida jahon chempioni Azamjon SHokirjonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

- Sport - bu mening hayotim, sport orqali ancha do'stlar orttirdim, dunyo kezdim va mashhurlikka erishdim. Agar sizlar ham sport yo'nalishida ketmoqchi bo'lsangiz, mehnatdan qochmang, qiyinchiliklarni engib o'tsangiz albatta kelajakda mashhur sportchi bo'lasiz, - dedi Rishod Sobirov.

Tadbir davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. SHuningdek, mehmonlar tomonidan tadbir yakunida yosh sportchilarga diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing