13 iyu 15:22
Yangiliklar
Gandbol

Qizlar o'rtasida gandbol musobaqasining respublika bosqichiga start berildi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o'rtasida gandbol musobaqasining respublika bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Bazarov, Sport vaziri maslahatchisi SHarifjon Mo'minjonovlar ishtirok etib, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritishdi. Ular barcha ishtirokchi jamoalarga musobaqalarda omad va zafarlar tiladilar.
Marosimdan so'ng jamoalar qura tashlash asosida o'zaro bellashuvlarni boshlashdi. Musobaqa davomida sportchilar o'z mahoratlari, jamoaviy uyg'unlik va g'alabaga bo'lgan intilishlarini namoyon etishadi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar