So’nggi yangiliklar

14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0 12:09"Трактор" бош мураббийи Ҳамробековга Ўмонга боришни маслаҳат берди 0 11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0

21 fev 12:55
Yangiliklar

Tadbirlar

“Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi”ning 2026 yilgi mavsumi start oldi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida yoshlar o'rtasida 5-marotaba o'tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi”ning 2026 yilgi mavsumi tantanali ravishda ochildi.

Marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov, Sport vaziri Adham Ikramov, Maktabgacha va maktab talimi vaziri Ezozxon Karimova, Raqamli texnologiyalar vaziri - Bosh Axborot Direktori (CIO) SHerzod SHermatov, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o'rinbosari Jahongir Jo'raev, O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboev, Yoshlar ishlar agentligi direktori Alisher Sadullaev, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ishtirok etdi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yo'lga qo'yilgan bu tizim, qisqa fursatda umummilliy harakatga aylanib ulgurganligini, o'tgan yil tashkil etilgan ommaviy sport musobaqalarida 15 million aholi katta qiziqish bilan faol ishtirok etganligini takidladi.

So'zga chiqqan Maktabgacha va maktab talimi vaziri Ezozxon Karimova talim muassasalarida ommaviy sport rivojiga qo'shgan munosib hissasi uchun Sport vaziri Adham Ikramovni “Xalq talimi alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

SHundan so'ng, “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining2026 yilgi mavsumiga start berildi. Tantanali tadbirda viloyat studiyalaridan mahalla ettiligi, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning avvalgi mavsum g'olib va sovrindorlari, yoshlar, oliy talim muassasalari talabalari, umumtalim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari, taniqli sportchilar va madaniyat xodimlari, shuningdek, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari faol qatnashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing