12 iyu 14:36
Yangiliklar
Gandbol

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqasining Respublika bosqich ishtirokchilari Pop temir yo'l vokzalida kutib olindi
Ayni damda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gandbol turi bo'yicha 17-30 yosh toifasida ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Respublika bosqichi ishtirokchilari Namangan viloyatiga etib kelmoqda.
Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar Pop temir yo'l vokzalida tuman hokimligi hamda sport sohasining mutasaddi vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Mehmonlarga musobaqalarda omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
Hozirda musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar soni tobora ortib bormoqda. Dastlab to'rtta hududdan sportchilar etib kelgan bo'lsa, qolgan viloyatlardan ham ishtirokchilar kelishi davom etmoqda.
Mazkur musobaqa yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sportga bo'lgan qiziqishni oshirish va hududlararo do'stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar