So’nggi yangiliklar

09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0

01 apr 20:49
Yangiliklar

Kurash

Umringga havasim bor, Murabbiy!

Milliy sport turlarimizdan sanalgan belbog'li kurashning keng ommalashishida Toshkent viloyatining Parkent tumani polvonlari, jonkuyar murabbiylarining ham alohida o'rni bor.

Tumandagi bolalar-o'smirlar sport maktabidagi sport turlari orasida belbog'li kurash ham mustahkam o'rin olgan bo'lib, mavjud ikkita guruhda 60 nafardan ziyod  yosh polvonlar mahoratini oshirib keladi. 

Tajribali va jonkuyar murabbiy Toshkentboy Yaxshiboevning guruhida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan yigirma nafar sportchi-o'quvchilarning aksariyati chempion va sovrindorlar sanalishadi. 2008 yildan buyon belbog'li kurash bo'yicha yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan Toshkentboy ustozi Ravshan Arzimatovdan o'rgangan belbog'li kurash sirlarini bugun o'z shogirdlariga zo'r ishtiyoq bilan o'rgatishi natijasida shogirdlaridan yuz nafardan ortig'i O'zbekiston chempionatlarining oltin va kumush medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishgan. 

Ahmad Ismoilov, SHerzod Asqarxonov, Akrom Arslonov, SHerali Ortiqxo'jaev, Jahongir Ergashev, Komiljon Nishonboev singari iqtidorli shogirdlaridan ustozning umidi katta. SHogirdlari orasida hatto (Bekzod Begaliev, 2014 yil Rossiyaning Tulyachi shahri) jahon chempionati sovrindori borligi, joriy yil Olmaliq shahrida belbog'li kurash bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatida shogirdi Komiljon Nishonboevning yo'llanmani naqd qilgani murabbiyning doim izlanishda ekanidan dalolat. BO'SMda murabbiylar kengashining raisi, O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasida esa  hakamlar hayati raisi vazifalarini ham sidqidildan bajarib kelayotgan murabbiyni federaciyada barcha birdek hurmat bilan tilga olishadi.

 Respublika miqyosida o'tkazilayotgan har bir musobaqada hakamlarning odilono ish yuritishida doim bosh-qosh. Toshkentboy Yaxshiboevning takidlashicha, ayni paytda besh nafar birinchi toifali, o'ttiz nafar Respublika toifasidagi, olti nafar xalqaro toifadagi hakamlar milliy belbog'li kurash rivoji yo'lida xizmat qilishmoqda. Esini taniganidan beri belbog'li kurashga oshno bo'lgan Yaxshiboening o'zi ham bir paytlar kurash davralarida hayqirib kurash tushgan, ko'p bor g'oliblikni tantana qilgan, raqiblariga qo'llagan usullari belbog'li kurashga bezak bo'lguday yarashganini ko'pchilik muxlislar yaxshi eslashadi. 

Milliy belbog'li kurashni nafaqat mamlakatimizda keng ommalashishi, balki Osiyo va jahon miqyosidagi sport o'yinlarida ham doim belbog'li kurash so'zi yangrashi, shogirdlari o'sha yirik musobaqalarda birinchi bo'lib, YURTni ulug'lashi polvonning maqsad-muddaosi sanaladi.

Toshkentboy Yaxshiboev - 1987 yilning 1 aprelida Parkent tumanida tug'ilgan. Demak bugun uning tug'ilgan kuni! Fursatdan foydalanib, qahramonimizni muborakbod etamiz. Maqsad manzillariga etishishida biz ham tilakdoshmiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing