22 avg 18:17
Yangiliklar
Futbol

Pato "San-Paulu"dan ketdi
Hujumchi Aleshandre Pato "San-Paulu"dan ketganini elon qildi.
Bu haqda 30 yoshli futbolchi o'zining tvitter sahifasida malum qildi.
"Faoliyatimdagi yana bir bosqich yakun topmoqda. "San-Paulu"ga ish paytidagi qo'llab-quvvatlash, ishonch va professionalizm uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoa muxlislariga katta rahmat. Men uchun bu klubning libosini kiyish faxr bo'ldi", - deydi hujumchi.
Forvard "San-Paulu" tarkibida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi. Oldinroq, Aleshandre Evropaga, aniqrog'i 2008-2013 yillar davomida o'ynagan "Milan"ga qaytishni xohlayotganini aytgan edi.
Havola :
Fikrlar