01 apr 08:01
Yangiliklar
Tennis
Patrik Makinroyda koronavirus aniqlandi
Amerikalik sobiq tennischi Patrik Makinroy koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija berganini tasdiqladi.
Ayni paytda Patrik 53 yosh. Amerikalik tennischi "Rolan Garros"-1989 juftlik bahsida chempion bo'lgani bilan tanilgan. U afsonaviy Jon Makinroyning kichik ukasi hisoblanadi.
"Hammaga salom! Hozirgina test natijalarini aytishdi. Yomon xabar - koronavirusga topshirgan test-tahlilim ijobiy natija berdi. Yaxshi xabar - men o'zimni yaxshi his qilyapman. Turmush o'rtog'im Melissaga rahmat, menga va farzandlarimiz haqida qayg'uryapti. Oilamiz bilan deyarli ikki haftadan beri karantindamiz", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Patrik.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar