So’nggi yangiliklar

12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0 09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 08:06Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчилар қайд этаётган натижаларнинг барчаси битта саҳифада (LIVE) 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0 20:14Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:45"Ғалаба қозонамиз". Сурия терма жамоаси аъзолари Ўзбекистон билан ўйиндан олдин нималар деди? 0 19:13Эртага уч нафар боксчимиз финал йўлланмаси учун жанг қилади 0 19:02Осиё ўйинларининг ўнинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:45Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида ҳам тўртта медалга эга чиқдик! 0 17:11Ўзбекистон футзал МТЖ ФИФА рейтингида пастлади 0 15:47Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов Душанбеда жанг қилади 0 14:31Жавоҳир Синдаров FIDE Excellence Awards 2026 ғолиби бўлди 0 11:56Мария Тимофеева Портудаги WTA 125 турнири ғолибига айланди 0

07 avg 07:46
Yangiliklar

Futbol

“Paxtakor”: “Erning tortish kuchiga ko'ra, havoga ko'tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi”

Teglar :  So'g'diyonaPaxtakor
Superliganing 14-turi doirasida "Paxtakor" safarda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi - 2:2.

Klub matbuot xizmati ushbu uchrashuvning bayonotini o'ta emocional tarzda bayon etdi.

"Ikki jamoaga qarshi bahsda g'alabani qo'ldan chiqardik

Superliga 11-tur qoldirilgan o'yinida Jizzaxda ikki jamoaga qarshi mardonavor kurashgan "Paxtakor" 2:2 hisobida durang o'ynadi. 

O'yinni jamoamiz keskin hujumlar bilan boshladi va tezkor ikki gol urdi. Dastlab Sobirxo'jaev 16 metrlardan darvozani ishg'ol qilgan bo'lsa, 19-daqiqada Banashakning uzatmasidan so'ng CHeran to'pni darvozaga yo'lladi. SHundan so'ng jamoamiz nafaqat mezbonlar, balki yana bir jamoaga qarshi o'ynashga majbur bo'ldi. Vaqt o'tib borgani sari turli mayda holatlarda hakamlar ochiqchasiga noto'g'ri va jamoamizga qarshi qarorlar qabul qilishga o'tishdi. Bo'lim oxirida Kolakovich boshi bilan to'p kiritdi. 

52-daqiqada to'p uchun raqib bilan kurashda Hamrobekov Salomovning ustiga tushdi. Bu holatda u raqibga nisbatan atayin qo'pollik qilmadi. Erning tortish kuchiga ko'ra, havoga ko'tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi. Hakam esa aynan maydonga qaytib tushish chog'ida raqibni bosib olgan Odilni maydondan chetlatdi.

Keyinchalik mezbonlar ko'p marta futbolchilarimizga nisbatan qo'pollik ishlatgan vaziyatlarda hakamlar buni ko'rmay qolishdi. Bu darajada yaqqol holatlarni ko'rmagan hakamlarga ko'rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz. Bir vaziyatda CHeranning zarbasini himoyachi bir urinishda ikki marta qo'li bilan qaytardi, bu jarima belgilashga etarli emas ekan. CHeran urgan gol bekor qilingan vaziyatda esa ofsayd qay tariqa qayd etilgani ko'pchilik uchun qiziq savolga aylandi. O'yin yakunida ikkinchi bo'limga etti daqiqa qo'shib bergan hakam 13-daqiqada (!) darvozamiz sari penalti belgiladi. Bu vaziyatda u Aliboevni qo'li bilan o'ynagan deb topdi. Fikrimizcha, 13-daqiqada bo'lmasa, 39-daqiqada baribir bu penalti belgilanardi. Xuddi Qo'qondagi o'yinda bo'lgani singari raqib penaltidan hisobni tenglashtirishi bilan o'yin vaqti birdaniga tugab qoldi. Bu holat hech kimni hayron qoldirmaydigan voqeaga aylandi. CHunki u barqaror, odatiy ro'y beradigan holat darajasiga etdi. Qizil kartochka, bekor qilingan gol, penalti. Qaysidir jamoa o'ziga yuklatilgan vazifani juda yaxshi uddaladi. "Paxtakor" turli jamoalarga qarshi kurashishda davom etadi. O'zbek futbolining rivoji qaysidir hakamning biror qaroriga bog'lanib qolmaydi deb umid qilamiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing