10 fev 20:41
Yangiliklar
Futbol

"Paxtakor" - "SHabab Al Ahli". Masharipov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
OCHL-2020 guruh bosqich 1-tur "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli" (2:1) uchrashuvi yakunlandi.
O'yin "Paxtakor"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinda dastlab Jaloliddin Masharipov ajoyib tarzda gol urgan holda hisobni ochdi. 67-daqiqada Pedro Konde hisobni tenglashtirdi. Ammo, bu goldan ko'p o'tmay, aniqrog'i 70-daqiqada Dragan CHeran yana "sherlar"ni oldinga olib chiqdi.
Yakunda, OFK "o'yinning eng yaxshi futbolchisi" nomiga Jaloliddin Masharipovni loyiq deb topdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar