08 fev 15:04
Yangiliklar
Pekin-2022. Kenten Fiyon-Maye – biatlon bo'yicha individual poygada yangi Olimpiada chempioni!
20 km masofaga o'tkazilgan poygada franciyalik Kenten Fiyon-Maye g'alaba qozondi. Ikkinchi o'rin beloruslik Anton Smolskiyga nasib etgan bo'lsa, uchinchi pog'onadan norvegiyalik Yoxannes Byo joy oldi.
Franciyalik sportchi uchun bu medal Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchisi bo'ldi. U 3 kun avval o'tkazilgan aralash estafetada terma jamoasi bilan kumush medalni qo'lga kiritgan edi. Ikkinchi o'rindagi Anton Smolskiy esa faoliyatida ilk bor Olimpiada medaliga ega chiqdi.
Yoxannes Byo o'z hisobiga Olimpiya o'yinlaridagi 5-medalini qo'shib qo'ydi. U Pxyonchxan Olimpiadasi chempioni (individual poyga) hisoblanadi. SHuningdek, Byo Pxyonchxan-2018 Olimpiadasida 2 ta kumush medal sohibi ham bo'lgan. Bir necha kun avval o'tkazilgan aralash estafetada Yoxannes terma jamoasi bilan chempionga aylangan edi.
Pekin-2022. Biatlon individual poyga 20 km
1. Kenten Fiyon-Maye (Franciya) – 48.47,4 (2)
2 Anton Smolskiy (Belarus) – 14,8 (0)
3. Yoxannes Byo (Norvegiya) – 31,1 (2)
Fikrlar