22 apr 18:41
Yangiliklar
Boshqalar
Penchak silat. Malayziyadagi musobaqada 6 ta oltin medal qo'lga kiritildi
Malayziyaning Kuantan shahrida “Nusantara Silat” xalqaro chempionati va festivali bo'lib o'tdi.
Malayziya, Indoneziya, Cingapur, Niderlandiya, Qirg'iziston kabi davlatlardan sportchilar tashrif buyurgan turnirda 7 nafar yurtdoshimiz ham ishtirok etdi.
Barcha raqiblarini mag'lub etgan olgan Husanjon Azizjonov, Hasanjon Azizjonov, Umar Najimov, Ismoil Sobitov, Abdulquddus Azizjonov va Nuriddin Hamidullaev oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Abdulaziz Azizjonov ikkinchi o'rinni egalladi.
Ushbu turnirda 6 ta oltin va 1 ta kumushni qo'lga kiritgan vakillarimiz umumiy jamoa hisobida 3 o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar