13 okt 16:08
Yangiliklar
Penchak Silat: Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik boshlandi
Unda qitamizning barcha davlatlaridan sportchilar 42-sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etishadi. Albatta bu Osiyo olimpiyasida ushbu davlat milliy sport turi penchak silat ham dasturdan o'rin egallagan. Quvonarlisi ushbu musobaqada O'zbekiston Penchak silat terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ayni vaqtda birinchilardan bo'lib ushbu federaciya kelgusi yilning yirik sport turnirlaridan biriga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Federaciya tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida Indoneziyadan halqaro sport ustasi Xarun Zenni yurtimizga taklif etdi. Ayni vaqtda Xarun Zen Toshkent shahri, Farg'ona, Surhondaryo va Samarqand viloyatlarida terma jamoaga nomzodlarni saralab, birinchi mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. Albatta har to'rt yilda bir marotaba o'tadigan ushbu musobaqada o'zbekistonlik Penchak silatchilar munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o'rin egallaydi degan umiddamiz.
Fikrlar