23 fev 08:28
Yangiliklar
Tennis

Petra Kvitova Dubay turniri finalida o'ynaydi
BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Petra Kvitova ikkinchi finalchiga aylandi. CHexiyalik tennischi yarim final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Veydan ustun keldi.
Kvitova 2 soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 31-pog'onasidan joy olgan raqibasini 3/6, 6/2, 6/4 hisobida mag'lub etdi. Petra bugun o'tkaziladigan final uchrashuvida shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar