12 jan 16:45
Yangiliklar
Tennis
Petra Kvitova Sidneyda tengsiz bo'ldi
Jahonning sakkizinchi raketkasi hisoblangan chexiyalik tennischi Petra Kvitova Sindeydagi turnirning finalida avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 19 daqiqa davom etgan o'yinda Kvitova 1:6, 7:5, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va turnir g'olibasiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyat Kvitova uchun faoliyatidagi 26-sovrin hisoblanadi. Finaldagi g'alaba orqali u 141 875 AQSH dollari hamda 470 reyting ochkosini ishlab oldi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar