20 fev 16:46
Yangiliklar
Futbol
Pioli: "Milan" juda yomon o'ynadi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Salernitana" bilan o'yindagi durang haqida gapirdi.
"Texnika va qarorni qabul qilish nuqtai nazaridan olib qarasak, "Milan" juda yomon o'ynadi. Paslarimiz noaniq bo'ldi, bo'sh xududlardan foydalana olmadik va ko'p xato qildik.
O'zimizdan xafamiz. O'z futbolimizni namoyish qila olmadik. O'yinni yaxshi boshlab, bunchalik ko'p xato qilganimiz meni tashvishga solmoqda. So'nggi paytlarda bunday bo'lmayotgandi.
Yaxshiki, mag'lub bo'lmadik. Tan olish kerak, yutish uchun kelgandik. Xatolarimizni o'rganib, har bir o'yindan namuna olgan holda kelasi bahsda yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak", - dedi Pioli.
Havola :
Fikrlar