21 fev 09:16
Yangiliklar
Tennis

Plishkova tay-breyklarda raqibasidan ustun keldi
Dunyoning beshinchi raketkasi Karolina Plishkova BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
CHexiyalik tennischi musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Elison Riskeni mag'lub etdi. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda Plishkova reytingning 51-pog'onasidan joy olib turgan raqibasidan 7/6(3), 7/6(5) hisobida ustun keldi.
Uchrashuv davomida 26 yoshli Karolin 10ta eys zarbasini amalga oshirdi. Plishkovaning Dubai Duty Free Tennis Championships turniridagi keyingi raqibasi Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Vey bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar