01 okt 18:05
Yangiliklar
Tennis

Plishkova Toshkentda 43 ming dollar ishlab topdi
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida bir hafta davom etgan tennis bo'yicha ananaviy “Toshkent Open” turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qilgan ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazildi. Musobaqaning yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning o'tgan yilgi g'olibasi yaponiyalik Nao Xibino o'z unvonini himoya qila olmadi.
CHexiyalik Kristina Plishkova 1 soatu 46 daqiqa davom etgan uch setdan iborat uchrashuvda chempionni 6:3, 2:6, 6:3 hisobida mag'lub etib, “Toshkent Open”ning yangi chempioniga aylandi.
Bugungi muvaffaqiyat dunyo reytingida 104-o'rinni egallab turgan 24 yoshli raketka ustasi uchun 43 ming AQSH dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. 21 yoshli Xibino reytingda 78-pog'onadan joy olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar