17 okt 19:21
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Ningbo Open saralashining ikkinchi bosqichiga chiqdi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Xitoyda o'tayotgan Ningbo Open turniri saralash bosqich 1/2 final uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Kudermetova saralashda 11-raqam ostida tasniflangan Tailand vakilasi Mananchaya Savangkaevni ikki setda — 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Vakilamiz 9, Mananchaya esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar tailandlik tennischida ko'proq bo'ldi - 8 ga 5.
Ushbu g'alabadan so'ng Polina saralashning finaliga yo'l oldi. Uning keyingi raqibasi rossiyalik 24 yoshli Anastasiya Zaxarova bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Polina dunyo reytingida 102, Anastasiya esa 111-o'rinni egallab turibdi. Mananchaya Savangkaev esa dunyoning 83-raketkasi edi. Ningbo Open WTA 500 turkumiga kiruvchi nufuzli turnir hisoblanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar