29 apr 13:21
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/11789_220.jpg)
Polina Monova Qarshi turniri g'olibasi
Qarshi shahrida xotin-qiz tennischilar ishtirokidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir ham yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida rossiyalik Polina Monova bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Monova 2 soatu 29 daqiqa davom etgan final uchrashuvida musobaqada to'rtinchi raqam ostida harakat qilgan ukrainalik Olga Yanchukni 4:6, 6:3, 6:3 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar