08 may 17:06
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				 
				
			 
				Polvonlar ustozi Vohiddin Najmiddinovni tabriklaymiz!
Bugun Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish federaciyasi raisi, polvonlar ustozi, og'ir atletika bo'yicha fahriylar o'rtasida jahon chempioni Vohiddin Najmiddinov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
			Vohiddin aka sobiq Ittifoq rekordchisi ham bo'lganlar. U kishining sportdan tashqari insoniy fazilatlari haqida soatlab gapirish mumkin. Vohiddin aka haqida kimdan so'ramang, faqat ijobiy fikr bildiradi. Barcha bilan birdek chiqishib keta oladigan bugungi kun qahramoni nafaqat jonkuyar rahbar, balki o'zi ham shogirdlarga mehribon ustoz sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Furstadan foydalanib, Voxiddin aka Najmiddinovni bugungi shukrona kun munosabati bilan muborakbod etamiz. Ularga uzoq umr, tan-sihatlik, tinchlik-hotirjamlik va oilaviy baxt tilaymiz. Ilohim, farzandlar, nabiralar va shogirdlari baxtiga sog'-salomat bo'lsinlar.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar