So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 noy 16:32
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz jahon chempionatida etakchi o'rinda

Teglar :  Belbog'li kurash
Ayni paytda Rossiya federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mazkur jahon chempionatida 30 dan ortiq davlatlardan sportchilar ishtirok etishmoqda.

Quvonarlisi, kecha 11 noyabr kuni start olgan ushbu jahon chempionatida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar terma jamoamiz bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov, ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Txak hamda yoshlar terma jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov  boshchiligidagi polvonlarimiz munosib ishtirok etishmoqda. 

Xususan, kechagi belbog'li kurashning erkin yo'nalishida ishtirok etgan erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz 4 ta oltin, 2 tu kumush va 2 ta bronza medalani qo'lga kiritib, 30 ta davlat sportchilari orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egalladi. 

Oltin medal 

57 kg. Jamoliddin Nematullaev 

52 kg. Farangiz Abdunabieva

58 kg. Manzuraoy Mo'ydinova 

66 kg. Dilafro'z Mamajonova

Kumush medal

68 kg. Oybek Sultonov

82 kg. Jahongir Hayitov

Bronza medal

75 kg. Nusrat Sultonboev

76 kg. Lazzat To'laberganova. 

Bugun 12 noyabr musobaqaning ikkinchi kunida kattalar o'rtasida belbog'li kurashning klassik yo'nalishida 8 ta medallar jamlanmasi uchun bellashuvlar o'tkazilmoqda. 

Reglamentga ko'ra,  ertaga yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarga start beriladi. Jahon chempionatiga yo'l olgan sport delegaciyamizga O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qilmoqda.

Jahon chempionati 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing