So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

13 noy 16:16
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimizning jahon chempionatidagi g'alabali yurishi davom etmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Dunyoning o'ttizdan ziyod davlatining sara kurashchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining ilk kuni belbog'li kurashning erkin yo'nalishida qatnashgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egallagan edi. 

Musobaqaning ikkinchi kuni tashkil etilgan belbog'li kurashning klassik yo'nalishida kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda vakillarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. Oybek Muhammadov (-100 kg) kumush, Asror Solijonov (-68 kg), Murodjon Hamidov (-75 kg) va SHukrullo Mamatkarimov (-82 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, bugundan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bellashuvlariga start berildi. Unda Baxtiyor Turg'unpo'latov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz polvonlariga gilamga chiqadi. Jahon chempionati 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Darvoqe, belbog'li kurash bo'yicha halqaro toifadagi hakamlarimizdan Miranshoh Ro'ziev, Sergey Txak, Nematulla To'ychiev va Elmurod Abdullaev ushbu jahon chempionatida hakamlik vazifasida ishlashmoqda. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing