So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

02 mar 10:39
Yangiliklar

Boshqalar

Polvonlarning kuchlilari Olmaliqda aniqlandi

Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatiga qarashli sport majmuada belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi yillik taqvim-rejasidagi mazkur ilk chempionatda Surxondaryo viloyatidan boshqa barcha viloyatlar, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 200 nafardan ortiq polvonlar g'oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqaning ochilish marosimida 14 nafar sportchiga belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sport ustasi unvoni guvohnomasi taqdim etildi. SHundan so'ng musobaqaga start berildi. Dastlab polvonlar belbog'li kurashning klassik usulida kurashishdi. 

G'oliblar bilan tanishing:

55 kg. 1. Husan Nosirov (Andijon), 60 kg. 1. Mardon Kimsanboev (Toshkent sh.), 66 kg. 1. Anvarjon Qutbiddinov (Namangan), 73 kg. 1. Husniddin Ro'ziev (Andijon), 81 kg. 1. Nodirbek Ahatjonov (Toshkent sh.), 90 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.), 100 kg. 1. Azamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kg. 1. G'olib Ahmedov (Toshkent v.).

Belbog'li kurash erkin yo'nalishi (Ayollar) 

48 kg. 1. Quralay Asetullaeva (Qoraqalpog'iston), 52 kg. 1. Gavharoy Mirzamahmudova (Namangan), 57 kg. 1. Gulxumor Dadaboeva (Andijon), 63 kg. 1. SHoira Qalandarova (Xorazm), 70 kg. 1. Dilafro'z Mamajonova (Namangan), 76 kg. 1. Zeboxon Nosirova (Namangan), +76 kg. 1. Bexzoda Xudoyberdieva (Andijon).

Belbog'li kurash erkin yo'nalish (Erkaklar): 

55 kg. 1. Zoxiddin Abdubekov (Andijon), 60 kg. 1. Doston Suyunov (Toshkent v.), 66 kg. 1. Sardor Madaminov (Andijon), 73 kg. 1. Ilhomjon Mashrabov (Andijon), 81 kg. 1. Sarvar Ikromov (Navoiy),  90 g. 1. Obidali Mavlonov (Farg'ona.), 100 kg. 1. Muhamadali Yusupov (Toshkent sh.), +100 kg. 1. SHerzod Rahimov (Farg'ona).

Eslatib o'tamiz, navbatdagi mamlakat chempionati 27-29 mart kunlari Andijon viloyatida bo'lib o'tadi. Unda 15-17 yoshli polvonlar kuch sinashishadi.


Ilhom Rahmonov tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing