30 sen 16:11
Yangiliklar

Prevyu. Denis Istomin - Markos Bagdatis o'yini oldidan
Mazkur ATP turniri finalida Denis Istomin kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqadi.
O'zbekistonlik tennischi finalgacha SHtruff, Xachanov, Donaldson, Sugita kabi tennischilarni mag'lubiyatga uchratdi.
Kiprlik sportchi esa bu yo'lda Pospishil, Goyovchik, Lu Yansyun, Pelya kabi raqiblarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Istomin faoliyati davomida 4 marotaba Bagdatisga qarshi kortga chiqqan. Ularning 2tasida Bagdatis, yana 2tasida esa Istominning qo'li baland kelgan:
2009: Istomin - Bagdatis 1:2 (3:6, 6:1, 2:6) (Toshkent)
2010: Istomin - Bagdatis 1:2 (4:6, 6:7, 7:6) (Moskva)
2014: Istomin - Bagdatis 3:0 (6:4, 7:5, 6:4) (Melburn, Avstraliya Open)
2015: Istomin - Bagdatis (rad) 0:0 (2:1) (Nottingem)
Reglamentga ko'ra, turnir finalchisi o'z hisobiga 150 reyting ochkosi va 96 610 AQSH dollarini o'ziga naqd qilib oladi.
Finalda g'olib bo'lgan sportchi esa 250 reyting ochkosi hamda 183 435 AQSH dollariga o'z g'aznasini boyitib oladi.
Denis Istomin so'nggi 10ta o'yinidan 2tasida mag'lubiyatga uchragan. Kiprlik sportchi esa bunday ko'rsatkich 3tani tashkil qiladi.
O'zbekistonlik tennischi reytingda 78, Markos Bagdatis esa 113-o'rinni egallab turibdi.
Istomin faoliyati davomida 1 marotaba ATP turniri g'olibiga aylangan. Markos esa 4 marotaba bunday o'yinlarda g'olib bo'lgan.
Denisning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari soni 5 130 928 AQSH dollari, Bagdatisning mukofot pullari esa 8 037 359 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Ushbu final bahsida hamyurtimizga omad tilab qolamiz. Navbatdagi mukofot sari olg'a, Denis!
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar