29 sen 16:19
Yangiliklar

Prevyu. Denis Istomin - Yuichi Sugita o'yini oldidan
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ushbu nufuzli turnir yarim finaliga chiqdi. Denis bu yo'lda SHtruff, Xachanov, Donaldson kabi tennischilarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Endi u yarim finalda yaponiyalik Yuichi Sugitaga qarshi kortga chiqadi. Malumot uchun, tennischilar bungacha o'zaro o'yinlarda to'qnash kelganlar. 2009 yilda Devis Kubogi bahslari doirasida 6:3, 6:2, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan.
Eslatib o'tamiz, CHendudagi turnir yarim finaliga etib kelgan tennischilar 52 335 AQSH dollari va 90 reyting ochkosi egasiga aylanadi.
Finalchi 150 ochko (96 610 AQSH dollari), g'olib esa 250 ochko (183 435 AQSH dollari) egasiga aylanadi.
Denis Istomin so'nggi 10ta o'yinidan 7 tasida g'alaba qozongan. Sugitaning ko'rsatkichi ham shunday: so'nggi 10ta o'yinda 3tagina mag'lubiyat.
Istomin 25 sentyabr kuni elon qilingan reytingda 78, yaponiyalik tennischi esa 43-pog'onani egallab turibdi.
Tomonlar o'rtasidagi o'yin ertaga bo'lib o'tadi.
Fikrlar