15 okt 16:55
Yangiliklar
Prevyu. Istomin Sugitani uchinchi marotaba mag'lub etishga urinib ko'radi
Tennischimiz ilk davrada yaponiyalik Yuichi Sugitaga qarshi kortga chiqadi. Bu ikki tennischining o'zaro uchinchi to'qnashuvi bo'ladi. Bungacha Istomin Sugitaga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan va ikkalasida ham g'alaba qozongan.
Ushbu g'alabalardan birini u yaqinda chempionlikka erishgan CHendudagi turnirda rasmiylashtirgani hali yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.
O'zaro o'yinlar:
2009 yil: Istomin - Sugita 6:3, 6:2, 6:2 (Devis kubogi)
2017 yil: Istomin - Sugita 6:2, 6:7, 6:0 (CHendu)
Malumot sifatida shuni qo'shimcha qilishimiz mumkin, Stokgolmdagi turnirning ilk davrasida g'olib bo'lgan tennischilar 20 reyting ochkosi va 10 060 AQSH dollariga ega bo'ladilar. Birinchi davrada mag'lub bo'lgan tennischilarga reyting ochkolari berilmaydi. Lekin ular o'z hamyonlarini 5 960 dollarga boyitib oladilar.
Istomin ayni paytda dunyo reytingida 51-o'rinni egallab turibdi. Sugita esa 36-pog'onadan joy olgan.
Ushbu bahs ertaga, 16 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar