So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

20 sen 21:02
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Prezident Mirziyoev O'zbekiston sportiga baho berdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

Malumki, joriy yil 5 mart kuni davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari negizida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirildi.

Sportchilarni tanlab olish – selekciya ishlarini takomillashtirish bo'yicha yangi tizim joriy etilib, bu o'zining dastlabki natijalarini bera boshladi.

Avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qo'lga kiritdi. Mamlakatimiz oltin medallar soni bo'yicha 5-o'rinni egallagani o'zbek sporti tarixida eng yaxshi natija bo'ldi.

– Biz xalqaro sport maydonlarida O'zbekistonning nufuzi va obro'-etiborini oshirishga katta hissa qo'shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. SHu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta etibor berishimiz kerak, – dedi SHavkat Mirziyoev. 

Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalar belgilab berildi. 

Aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullantirish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmagani, darsdan tashqari vaqtlarda talim muassasalaridagi sport obektlaridan barcha yoshdagi odamlarning foydalanishi tashkil etilmagani ko'rsatib o'tildi. 

Bundan tashqari, joylardagi bo'sh turgan xususiy obektlar negizida aholini ommaviy sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat ko'rsatuvchi sport markazlarini tashkil etish talab etiladi.

SHu bois Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar bilan birgalikda talim muassasalaridagi sport inshootlari hamda bo'sh turgan obektlarda sport sekciyalarini ochish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ko'rishi zarurligi takidlandi. 

Tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini keskin ko'paytirish, g'olib va sovrindorlarni Yoshlar ittifoqi mablag'lari hisobidan pullik mukofotlar bilan rag'batlantirish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

Aholi, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb qilish uchun “Alpomish” va “Barchinoy” testlarini musobaqa tarzida o'tkazishni hamda uch darajadagi ko'krak nishonlari bilan taqdirlashni joriy qilish vazifasi qo'yildi. 

Korxonalar, talim muassasalari, istirohat bog'larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg'ulotlarini o'tkazish etibordan chetda qolib ketgani qayd etildi. Bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targ'ib qilish maqsadida doimiy ko'rsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televidenie orqali namoyish etish lozimligi takidlandi. 

– Mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo'yicha besh yillik milliy koncepciya ishlab chiqish zarur. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanib, sog'lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish koncepciyaning asosiy yo'nalishi va natijasi bo'lishi kerak, – dedi Prezident.

Yig'ilishda federaciyalarning ishi sustligi sababli ot sporti, suzish, qilichbozlik, o'q otish va jamoaviy sport turlari bo'yicha xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishilmayotgani tanqid qilindi. SHu bois Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tashkil etilayotgan olimpiya tayyorgarligi markazlarini 2020 yilga qadar foydalanishga topshirib, ularda Xitoy tajribasini qo'llash, yani sportchilarning markazda doimiy istiqomat qilib, maqsadli tayyorgarlik ko'rish tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 

Mutasaddi rahbarlarga  barcha sport federaciyalari faoliyatini tanqidiy o'rganib, ularning ishini, ayniqsa, selekciya yo'nalishini tubdan yaxshilash, rahbar kadrlarning masuliyatini oshirish topshirildi. 

Malakali murabbiylar kamligi, xususan, qishki sport turlari bo'yicha mutaxassislar etishmasligi qayd etildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga murabbiylar tayyorlashni takomillashtirish, ularga licenziya berish mexanizmini soddalashtirish vazifasi qo'yildi. 

Bolalar sporti inshootlarini barpo etish, qurilishda zamonaviy tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalalariga ham etibor qaratildi. 

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan joriy yilda 56 ta sport obektini qurib, foydalanishga topshirish, ushbu maqsadlarga 362 milliard so'm mablag' sarflanishi belgilangan. Lekin 10 sentyabr holatiga ko'ra, atigi 113 milliard so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qurilish ishlari orqada qolmoqda. 

Tegishli vazirlik va tashkilotlarga sport obektlarida qurilish-tamirlash ishlarini o'z vaqtida yakunlash, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasining 2019 yilgi manzilli dasturini shakllantirish bo'yicha topshiriq berildi. 

Yig'ilishda 2020 yil Tokioda o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. Mamlakatimiz sportchilarining ko'plab licenziyalarni qo'lga kiritishi hamda munosib ishtirok etishi uchun tayyorgarlikni kuchaytirish bo'yicha vazifalar belgilandi.  

Mutasaddi rahbarlarning sohadagi muammolarni bartaraf etish, aholini ommaviy sportga keng qamrab olish, professional sportni yanada rivojlantirish bo'yicha hisobotlari eshitildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing