So’nggi yangiliklar

19:01Matchroom Муроджон Аҳмадалиев — Наоя Иноуэ жангини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 18:39Собиқ жаҳон чемпиони Хайме Мунгия допинг тестидан ўта олмади 0 18:18"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини якунламоқда 0 17:52Расман. Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги эълон қилинди 0 17:26Мераб Двалишвили кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:03Рамазон Темиров Алмабаев билан жангга тайёргарликнинг илк босқичини Таиландда ўтказади 0 16:41"Челси" 70 млн фунтлик трансферни амалга оширадими? 0 16:20Эртага тонгда UFC Vegas 107 турнири ўтказилади (Барча тафсилотлар) 0 15:59Стол теннисчиларимиз Тошкентдаги "Youth Contender" турнирида яна иккита медалга эга чиқишди 0 15:38Бектемир Мелиқўзиев жангга тайёргарлик жараёнида бурнидан жароҳат олган экан 0 15:13"Манчестер Юнайтед" "Челси" ҳужумчисига қизиқмоқда 0 14:37Naiza 73. Тўрт ҳамюртимиздан фақатгина бир нафари ўз жангида ғалаба қозонди 0 14:13Бектемир Мелиқўзиевнинг оғир, аммо муҳим ғалабасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:46Фомин иштирокидаги учрашувда M15 Tashkent 2 турнирининг илк финалчиси аниқланди 0 13:25"Ал Насср" шов-шувли трансферни амалга оширмоқчи 0

31 jan 13:48
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Prezident SHavkat Mirziyoev Pekin Olimpiadasi ochilish marosimiga boradi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi

XXR Raisi Si Szinpin taklifiga binoan, 4 fevral kuni Pekinda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Sinhua» axborot agentligi malumotiga ko'ra, Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy davlatlar etakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari azolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o'tkazadi.

Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar etakchilari, Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreesus bor.

Olimpiya o'yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o'yinlari esa 4-13 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing