So’nggi yangiliklar

18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0

20 sen 20:19
Yangiliklar

Boshqalar

Prezident SHavkat Mirziyoevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar to'g'risida axborot berildi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Avvalo, ommaviy sportni va olimpiya harakatini yanada kengaytirish masalalariga etibor qaratildi.

Yaqinda Parijda bo'lib o'tgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sportchilari jami 39 ta medalni qo'lga kiritib, yuzlab davlatlar orasida 13-o'rinlarni egallagan edi. Bu mamlakatimiz sporti tarixida eng yuqori natijalar bo'ldi.

Mazkur nufuzli musobaqalar g'olib va sovrindorlari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari 2028 yilda Los-Anjelesda bo'ladigan o'yinlarga hozirdan tayyorgarlik ko'rish, yo'llanmalar soni va turini ko'paytirish zarurligini takidlagan edi.

SHundan kelib chiqib, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari tomonidan sport turlari bo'yicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi. Misol uchun, Olimpiya o'yinlarida engil atletika bo'yicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yo'llanma bilan qatnashdi, xolos.

Tennis, o'q otish, gimnastika, velosport bo'yicha federaciyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish bo'yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko'p. CHim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur sport federaciyalari ishini jonlantirish, o'quv-mashg'ulotlar tizimini takomillashtirish bo'yicha vazifalar belgilandi.



Olimpiya va paralimpiya harakati ommaviy sportdan kuch olishi takidlanib, mahallalarda selekciya ishlarini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni professional etib tarbiyalash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Malumki, kelgusi yil yurtimizda yoshlar o'rtasida Osiyo va Paraosiyo o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Toshkentda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda.

U erga tashrifi chog'ida Prezidentimiz bu majmua mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o'quv-mashg'ulot markazi bo'lishi zarurligini aytgan edi. SHunga muvofiq, Osiyo o'yinlaridan so'ng, Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish ko'zda tutilmoqda. Buning uchun «Aqlli shahar» koncepciyasiga asoslangan mamuriy boshqaruv tashkil etiladi. U sport majmualarini saqlash, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib borish, zarur hollarda tamirlash bilan shug'ullanadi. 

Ustuvor sport turlari bo'yicha yillik reja tasdiqlanib, hududlardagi sportchilarning Olimpiya shaharchasida o'quv-mashg'ulot o'tkazishi yo'lga qo'yiladi. SHuningdek, bu tuzilmaga ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara va boshqa xizmatlarni ko'rsatish huquqi beriladi. Olimpiya harakati haqida gap ketganda, qishki o'yinlarni ham nazardan qochirmaslik zarur. SHunday sport turlaridan biri bu xokkey. 

Bugungi kunda bu bo'yicha 4 ta sport klubi va 3 ta sport inshooti mavjud. Xokkey bo'yicha U-16 terma jamoamiz 2023 yilda Osiyo va Okeaniya kubogida 1-o'rin bo'lgan edi. Bu yil mazkur musobaqa ilk bor O'zbekistonda o'tkazilib, U-18 terma jamoamiz g'oliblikni qo'lga kiritdi.

SHularga asoslanib, bu sport turini rivojlantirish, keyinchalik Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasini qurish bo'yicha takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish, xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko'rish bo'yicha topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing