07 jan 14:14
Yangiliklar
Tennis

Pune turniridagi g'oliblik Jil Simonga deyarli 90 ming AQSH dollari keltirdi
Dunyoning 89-raketkasi Jil Simon Punedagi turnir g'olibi bo'ldi.
U hal qiluvchi final bahsida JAR vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 37 daqiqa davom etgan o'yinda u raqibini 7:6, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va turnir g'olibiga aylandi.
Mazkur g'oliblik franciyalik tennischiga 250 reyting ochkosi va 89 435 AQSH dollarini olib keldi.

Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar