30 okt 07:25
Yangiliklar
Tennis

Puye Venadagi turnirda bosh mukofot sohibiga aylandi
Avstriya poytaxti Vena shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik tennischi Lyuka Puye hamyurti Jo-Vilfred Tsongaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 25-raketkasi bo'lgan Puye 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Ushbu muvaffaqiyatli
ishtirok 23 yoshli Lyukaga 438,505 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim
etdi. Venada qo'lga kiritilgan sovrin uning faoliyatidagi to'rtinchisiga aylandi.
Havola :
Fikrlar