08 iyu 09:03
Yangiliklar
Futbol

Pyontek A Seriyaga qaytishi mumkin
"Gerta" (Berlin) hujumchisi Kshishtof Pyontek Italiyaga qaytishga yaqin turibdi.
Calciomercato xabariga ko'ra, "Fiorentina" klubi polshalik forvard bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqyapti.
Eslatib o'tamiz, Pyontek yanvarda "Milan"dan "Gerta" tarkibiga borib qo'shilgandi. 24 yoshli futbolchi Bundesligada 11 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar