07 okt 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan Dvalishvili bilan jangiga 18 kun qolganida ajoyib jismoniy holatini namoyish etdi + FOTO
Engil vazn toifasida (61 kg gacha) UFC`ning 33 yoshli amaldagi chempioni, rossiyalik Pyotr Yan gruziyalik Merab Dvalishvili bilan bo'ladigan uchinchi jangiga 18 kun qolganida qanday sport formasida ekanini ko'rsatdi.
Ularning qarama-qarshiligi 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida bo'lib o'tadigan yilning so'nggi raqamli UFC 333 turnirining asosiy voqealaridan biri bo'ladi.
Pyotr professional aralash yakkakurashlar (MMA) jangchisi sifatidagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. Rossiyalik sportchining hisobida 20 ta g'alaba (shundan sakkiztasi muddatidan oldin) va 5 ta mag'lubiyat bor.
6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan UFC 323 turnirining markaziy jangida Pyotr gruziyalik Dvalishvili bilan to'qnash kelgan edi. Bu jang sportchilar uchun revansh hisoblanardi. Besh raund to'liq davom etgan jangda Yan hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori evaziga g'alaba qozongandi.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar