09 okt 10:02
Yangiliklar
Pyotr Yan: "Movsarning Volkni mag'lub etish uchun ikkita varianti bor"
"Agar Volkanovski yaxshi formada, yaxshi kondiciyada bo'lsa, Movsarga oson bo'lmaydi. Demak, Movsar Volkanovskini engishi uchun uni yo sabmishen (bo'g'ish yoki og'ritish usuli) bilan taslim etishi yoki nokautga uchratishi kerak bo'ladi. SHu ikki variant.
Volkanovski ko'proq stoykada (tik turgan holda) ishlaydi, yaxshi himoyalanadi. Islam Maxachev bilan bo'lgan birinchi jangda u o'zini parterda ushlab turish oson emasligini ko'rsatdi. Bu qiziqarli jang, unda men 55 ga 45 nisbatda Volkanovskiga ustunlik beraman, lekin yosh va motivaciyaga to'la Movsar bugungi Volkanovskini engishi kerak", — dedi rossiyalik sportchi UFC Eurasia`ga bergan intervyusida.
Yarim engil vazn toifasidagi Aleksandr Volkanovski va Movsar Evloev o'rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi. Pyotr Yan esa ushbu raqamli turnirning ikkinchi asosiy jangida chempionlik kamarini Merab Dvalishviliga qarshi himoya qiladi.

Fikrlar